AsosiyDunyo

Rossiya-Ukraina o`rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi yakunlandi

'Rossiya-Ukraina o`rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi yakunlandi'ning rasmi

Ukraina-Rossiya o`rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi yakunlandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Ukraina muzokarada kutilgan natijalarni olmagan. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak ma`lum qildi. 

Ammo, tomonlar tinch aholini evakuasiya qilish, oziq-ovqat va dori-darmon etkazib berish uchun gumanitar yo`laklarini birgalikda taqdim etish bo`yicha kelishuvga erishgan. Evakuasiya qilinadigan joylarda o`t ochishni to`xtaish bo`yicha ham muzokaralar o`tkazilgan va tomonlar kelishuvga erishgan.

Tomonlar tez orada muzokaralarning uchinchi raundini o`tkazishadi. Katta ehtimol bu kelasi haftada amalga oshishi kutilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar