Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 2022 yil 5 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 236899 (+59) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 4 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Buxoro viloyatida,
- 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 5 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Farg`ona viloyatida,
- 9 nafari Toshkent viloyatida,
- 28 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida: kasallikdan sog`ayganlar jami 234022 (+89) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, kecha 6 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.






