27-fevral kuni Sergeli tumani IIO FMBga 45 yoshli Umidjon S. murojaat qilib, ko`chada qoldirgan “Spark” rusumli avtomobili olib qochilganligini ma`lum qilgan.
Toshkent shahar IIBB ma`lum qilishicha, murojaatdan so`ng tez orada gumonlanuvchi – 32 yoshli Husan H. Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (“Transport vositasini olib qochish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.






