Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi xabar berdi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga ko`ra, “O`zagroinspeksiya” Nishon tumani bo`limi katta inspektori R.Sh. fuqaro O.B dan o`ziga tegishli traktori uchun texnik hujjat rasmiylashtirib berish evaziga 3 mln. so`m pora talab qilib, shundan 1 mln. so`mini oldindan olib, 3 mart kuni qolgan 2 mln so`mni olayotgan vaqtida qo`lga olingan.
"Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






