AsosiyJinoyat

Olmaliqda tadbirkordan 900 AQSh dollari pora talab qilgan “Toshkent suv ta`minoti” muhandisi qo`lga olindi

'Olmaliqda tadbirkordan 900 AQSh dollari pora talab qilgan  “Toshkent suv ta`minoti” muhandisi qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo`limi tomonidan IIB bilan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “Toshkent suv ta`minoti” MChJ Olmaliq shahar bo`limi bosh muhandisi U.U., “O.” nomli bog`dorchilik- uzumchilik shirkatiga qarashli hududda teri mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish sexi uchun suv quvurini o`tkazishga texnik shart va loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkor X.dan 900 AQSh dollari pora talab qilib, milliy valyuta hisobida 9,8 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar