Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Toshkent shahar IIBB shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o`tkazdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 5 mart kuni Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi TB tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo`yicha bir shaxsga chora ko`rmaslik evaziga talab qilingan 5.000 AQSh dollaridan 1.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, 8 mart kuni Mirobod tumani IIO FMB 4-son IIB profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etgan ayolga holatini rasmiylashtirmaslik evaziga 500 AQSh dollari talab qilib, dastlab 6 mart kuni 200 AQSh dollarini qo`lga kiritgan va qolgan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Har ikkala holat buyicha Jinot kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchilar prosessual tartibda ushlangan.






