AsosiyJinoyat

Qo`qon shahar hokimining birinchi o`rinbosari qamaldi

'Qo`qon shahar hokimining birinchi o`rinbosari qamaldi'ning rasmi

U auksionda tadbirkorning foydasiga qaror chiqartirib berish uchun 180 ming dollar talab qilgan.

2021 yilning avgustida pora olgan vaqtida qo`lga tushgan Qo`qon shahar hokimining birinchi o`rinbosariga oid sud jarayoni yakuniga etdi.

Ma`lumotga ko`ra, A. N. va "Qo`qon mintaqaviy temir yo`llari uzeli" UK moliya bo`limi boshlig`i o`rinbosari O.M. bir tadbirkorga mazkur temir yo`l uzeli balansida bo`lgan 2,5 gektar er maydonidagi bino va inshootlar bo`yicha o`tkaziladigan auksionda uning foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga 180 ming dollar talab qilgan.

Mansabdorlar ushbu mablag`dan 10 ming dollarini olayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur ish Jinoyat ishlari bo`yicha Beshariq tuman sudi tomonidan ko`rib chiqildi.

Sud Qo`qon shahar hokimining birinchi o`rinbosariga 5 yil 6 oyga, O.M ga esa 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

    Boshqa yangiliklar