AsosiyJinoyat

"Qashqadaryo" daryosidan noqonuniy qum-shag`al aralashmasini qazib olayotgan fuqaro qo`lga olindi

'"Qashqadaryo" daryosidan noqonuniy qum-shag`al aralashmasini qazib olayotgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro F.A. o`zining “Kamaz” va “Volvo” rusumli maxsus texnikalari yordamida “Qashqadaryo” daryosi o`zanidan 5 064,2 m3 qum-shag`al aralashmasini o`zboshimchalik bilan qazib olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar