Uchtepa tumanida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi xodimlari bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Q. va D.T.lar qalbaki kupyuralarni o`tkazish maqsadida oldindan til biriktirib, jami 50 dona qalbaki 100 AQSh dollari kupyuralarini fuqaro N.ga 32 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






