Bojxona organlari tomonidan respublikamiz hududiga turli qing`ir yo`llar orqali tovar-moddiy boyliklarni yuk hujjatlarida ko`rsatmagan holda olib kirishga bo`lgan urinishlar muntazam fosh etilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Arkbuloq” bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan “bosma uchun silikon” tovarlari bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Darakchiga Bojxona qo`mitasi xabar bermoqda.
Natijada, bojxona yuk deklarasiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida boshqa nom va tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kod raqamlari bilan tasniflanuvchi “tish kondensasiyasi silikoni” tovarlari borligi aniqlandi.
Og`irligi 3,5 tonnani tashkil etuvchi mazkur tovarlarning qiymati 504 mln. so`mni tashkil etimoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtruv harakatlari olib borilmoqda.






