AsosiyJinoyat

Poytaxtni kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari bilan ta`minlab turgan qirg`izistonlik kur`erlar qo`lga olindi

'Poytaxtni kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari bilan ta`minlab turgan qirg`izistonlik kur`erlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bugungi kunda DXX idoralari tomonidan respublikamiz yoshlari orasida iste`moli ommalashib borayotgan turli xil giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining mamlakatimizga olib kirilishi hamda sotilishiga qarshi muntazam ravishda tezkor tadbirlar o`tkazilmoqda.  

Xususan, 2021 yilning oktyabr oyida Davlat bojxona qo`mitasi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda, 1993 yilda Namangan viloyatida tug`ilgan “K.J.” ushlanib, undan 2100 dona “Regapen” va 1515 dona “Tropikamid” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.  

Aniqlanishicha, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1993 y.t., muqaddam sudlangan “Z.J.” qirg`izistonlik kur`erlar tomonidan Yangiqo`rg`on tumani hududiga yashirin ravishda o`tkazilgan kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi “K.J.”ga muntazam ravishda yuborib turgan. O`z navbatida “K.J.” ushbu dori vositalarini poytaxt hududida sotish bilan shug`ullangan.

Holat yuzasidan “K.J.” va “Z.J.”larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar