“Mikrokreditbank” ATB Qumqo`rg`on filiali sobiq xodimi Sh.A. “S.M.” MChJ rahbari M. tomonidan jinoyat ishi bo`yicha etkazilgan zararni qoplash uchun topshirilgan 86,7 mln so`mning 56,7 mln so`mini kirim qilib, qolgan 30 mln so`mini o`zlashtirib, tadbirkorga soxta kvitansiya taqdim qilgan. Bundan tashqari, u fuqaro B.ning nomiga imtiyozli kredit ajratishga erishib, 24,5 mln so`m kredit mablag`ini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






