O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi 16 mart ob-havosini prognoz qildi.
Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir va qor ko`rinishida yog`ingarchilik bo`ladi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqgacha ko`tariladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 11-13° iliq bo`lishi aytiladi.






