AsosiyJamiyat

O`zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarni reabilitasiya qilish bo`yicha JSST bilan hamkorlik qilinadi

'O`zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarni reabilitasiya qilish bo`yicha JSST bilan hamkorlik qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligida Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining O`zbekistonda reabilitasiyani kuchaytirish bo`yicha ekspert missiyasining ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Unda Maktabgacha ta`lim vaziri o`rinbosari Uzoqboy Begimqulov imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha ta`lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdi, deya qayd etmoqda vazirlik.

Ta`kidlanishicha, davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ko`p tarmoqli kompleks yondashuv amalga oshirilmoqda, bunda alohida ta`limga muhtoj bolalarga maktabgacha ta`lim bilan birgalikda yuqori sifatli reabilitasiya yordami ko`rsatiladi. Bu esa bolalikdan nogironlikning oldini olish va kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga bolalarning ijtimoiy moslashuvi, nogiron bolalarning har tomonlama hayotiy faoliyati va jamiyat hayotiga faol jalb etilishini ta`minlanadi.

"Uchrashuvda maktabgacha yoshdagi bolalarni reabilitasiya qilish bo`yicha mavjud vaziyatning ustuvor masalalari muhokama qilinib, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan o`zaro hamkorlik qilish belgilab olindi",-deyiladi xabarda

    Boshqa yangiliklar