AsosiyJinoyat

Qizingiz bilan qamoqda birga o`tirganman...

'Qizingiz bilan qamoqda birga o`tirganman...'ning rasmi

Koson tumanida yashovchi 36 yoshli E.M. (ayol) Kasbi tumanida yashovchi 59 yoshli J.O.(ayol)ga uning qizi bilan birga qamoqda o`tirganligini aytib, ishonchiga kiradi. Qizining bankdan olgan kreditini to`lab berishiga ishontirib, jami 1.900 AQSh dollari miqdordagi pullarni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, kredit to`lovlarini to`lamasdan, har xil bahonalar bilan aldab kelgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

– Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo`lmagan insonlarning qo`llariga o`zingizni xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to`riga tushmaslik o`zingizni qo`lingizda, – deb ogohlantirmoqda Tergov departamenti.

 

    Boshqa yangiliklar