Bugun Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati majlislar zalida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to`rtinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.
Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi.
Videokonferensaloqa tarzida o`tkazilgan majlisda senatorlar, hukumat a`zolari, vazirlik va idoralar vakillari hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Yalpi majlis “O`zbekiston” va “Uzreport” telekanallari, shuningdek, Senatning www.senat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to`g`ridan-to`g`ri yoritib borildi.
Senatorlar yalpi majlis birinchi ish kuni davomida 12 ta masalani, shu jumladan 9 ta qonunni ko`rib chiqdilar.
Shuning bilan 24-yalpi majlisning birinchi ish kuni yakunlandi. Yalpi majlis joriy yil 19 mart kuni soat 10:00 dan e`tiboran o`z ishini davom etadi.






