AsosiyJamiyat

"Sohadagi hisob-kitobni joyiga qo`yishimiz kerak". Nega iqtisodchi sog`liqni saqlash vaziri bo`lgani ochiqlandi

'"Sohadagi hisob-kitobni joyiga qo`yishimiz kerak". Nega iqtisodchi sog`liqni saqlash vaziri bo`lgani ochiqlandi'ning rasmi

Ayni paytda bo`lib o`tayotgan Prezidentning sog`liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqotida sohasi iqtisodchi bo`lgan Behzod Musaevning sog`liqni saqlash vaziri etib tayinlangani sababi aytib o`tildi. Bu haqda "darakchi.uz" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda. 

"Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo`ydim? Transformasiya jarayoni ketyapti. Biz sohadagi hisob-kitobni joyiga qo`yishimiz kerak" —  dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlat rahbarining qayd etishicha, 2022 yilning o`zida sohaga byudjetdan 24 trillion so`m yoki 2016 yilga nisbatan 4 barobar ko`p mablag` yo`naltirilmoqda.

O`tgan besh yilda shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon, tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashga ajratilayotgan mablag`lar 12 barobar ko`paytirildi. Xalqaro moliya tashkilotlaridan 700 million dollardan ziyod mablag`lar jalb qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar