2022 yil 1 maydan boshlab olis va chekka hududlarda faoliyat olib borayotgan shifokorlarning oylik ish haqiga 2 million so`mdan qo`shimcha ustama to`lanadi. Bu haqda Ayni paytda bo`lib o`tayotgan Prezidentning sog`liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqotida ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Shuningdek:
- ushbu shifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib olish xarajatining 50 foizgacha qismi mahalliy byudjetlardan qoplab beriladi;
- bundan buyon olis va chekka hududda uzluksiz uch yil ishlagan shifokor klinik ordinaturaga imtihonsiz qabul qilinadi.
- aholi imtiyozli yo`llanma bilan, nafaqat davlat shifoxonalariga, balki o`zi tanlagan xususiy klinikalarga ham bemalol borishi mumkin bo`ladi. Davolanish uchun ajratilgan mablag` esa, bemorning ortidan boradi;
- eng zarur bo`lgan dori-darmon vositalari narxini kamida 30 foizga arzonlashtirish bo`yicha barcha choralarni ko`riladi;
“Takror aytaman – biz uchun tibbiyot maskanining mulk shakli muhim emas. Eng asosiy maqsadimiz – odamlarimizning sog`lig`ini asrash, ularning dardiga darmon bo`lishdan iborat”, - dedi prezident.






