AsosiyJamiyat

Tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo`lib ishlashiga ruxsat beriladi

'Tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo`lib ishlashiga ruxsat beriladi'ning rasmi

Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o`qiyotgan talabalarga, yo`llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo`lib ishlashga ruxsat beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev sog`liqni saqlash sohasi vakillari bilan bo`lib o`tayotgan ochiq muloqotda ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Qayd etilishicha, bu orqali har yili 7 mingga yaqin talaba munosib ish haqi olib, ta`limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo`ladi.

Amaliyot davrida yo`nalishini o`zgartirishga qaror qilgan talabalarga o`qishni boshqa turdosh  mutaxassisliklar bo`yicha davom ettirishga ruxsat beriladi.

Ochiq muloqot davom etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar