Prezident Shavkat Mirziyoev sog`liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda ijtimoiy tarmoqlar orqali ko`p bora guvoh bo`layotganimiz — tibbiyot xodimlarini haqorat qilish va ularga nisbatan kuch ishlatish holatlari haqida gapirdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
"Ta`kidlash joizki, joylarda tibbiyot sohasi vakillariga, ayniqsa, shoshilinch va tez tibbiy yordam xodimlariga nisbatan kuch ishlatish (tajovuz) holatlari ham uchrab turibdi.
Shifokorga qo`l ko`tarish, uni so`kib, haqorat qilish bizning insof-diyonatli, oq ko`ngil, mehr-oqibatli xalqimizga munosibmi? Bu bizga mutlaqo yarashmaydigan holatdir.
Endi, tibbiyot xodimlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan, ularning ishiga to`sqinlik qilgan hamda tajovuz ko`rsatgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda alohida ma`muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi.
O`zbekistonda “Qonun – ustuvor, jazo – muqarrar” ekanini, hech kim esidan chiqarmasligi kerak!" - dedi davlat rahbari.
Ochiq muloqot davom etmoqda.






