Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To`raqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro Sh.X. 9 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning qo`shni Qirg`iziston Respublikasi oliy ta`lim muassasasidagi o`qishlarini go`yoki davlat test markazida ishlovchi tanishlari orqali haq evaziga Namangan davlat universitetiga ko`chirib berishini va`da qilib, ularning jami 7 700 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






