AsosiyJamiyat

Zo`r TV yakinidagi binoda sodir bulgan yong`in yuzasidan FVV ma`lumot berdi

'Zo`r TV yakinidagi binoda sodir bulgan yong`in yuzasidan FVV ma`lumot berdi'ning rasmi

Sal avvalroq Yashnobod tumani Elbek ko`chasidagi Zo`r TV orqasidagi binolardan birida katta yong`in kuzatilayotgani borasida xabar bergan edik

Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumot berdi. 

"18 mart kuni soat 20:45 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasida joylashgan Latviya -O`zbekiston qo`shma korxonasi "Orial senter"   hududida joylashgan mator moy mahsulotlari (bochkalarda) yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra 10 ta yong`in-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnikalar zudlik bilan voqea joyiga etib borib, soat 21:49 da yong`in qurshab olingan. Hozirda yong`inni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.

Yong`in oqibatida tahminan omborning 2000 m. kv. maydoni zararlangan", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar