Avvalroq, Samarqanddagi xususiy bog`cha tarbiyachisi uxlamagan bolalarni igna tiqib azoblab kelayotgani haqida xabar bergan edik.
Samarqand IIB ning ma`lum qilishicha, bog`cha tarbiyachisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Xabarda aytilishicha, Samarqand shahar bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, holat bog`chada tarbiyachi bo`lib ishlovchi, 1992 yilda tug`ilgan, Pastdarg`om tumani Chortut MFY da yashovchi tarbiyachi tomonidan sodir etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.