AsosiyJamiyat

Rasman: OTMlarga kirishda maktabdagi baholar kelasi yildan boshlab hisobga olinadi

'Rasman: OTMlarga kirishda maktabdagi baholar kelasi yildan boshlab hisobga olinadi'ning rasmi

Joriy yilning 14 mart kuni Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida 2022-2023-o`quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta`limning so`nggi 6 yillik baholari OTMga kirishda hisobga olinishi haqida eslatma berildi. Shundan so`ng mazkur xabar telegram ijtimoiy tarmog`idagi boshqa kanallarda ham e`lon qilina boshlandi.

Ma`lumot uchun, maktabdagi baholarni OTMlarga kirishda inobatga olish tartibi 2021 yil 19 noyabr sanasida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarori bilan “Ta`lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o`rtacha ko`rsatkichini hisoblash va uni oliy ta`lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to`g`risida”gi tasdiqlangan nizom ushbu tartib nazarda tutiladi.

Nizomga asosan, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 2022-yil 10 iyunga qadar elektron platformalar ishga tushiriladi hamda 2022-2023-o`quv yili va keyingi o`quv yillari bitiruvchilarining so`nggi 6 yillik baholari elektron platformalarga kiritiladi va bitiruvchilar baholarining o`rtacha ko`rsatkichlari hisoblab boriladi.
2022-2023-o`quv yili bitiruvchilarining so`nggi 6 yillik baholari va ularning o`rtacha ko`rsatkichlari esa mazkur o`quv yili yakunlangandan so`ng, ya`ni, 2023-yil yoziga kelibgina aniq bo`ladi.

Aniq bo`ladiki, 11 yillik ta`limning oxirgi 6 yillik baholari o`rtacha ko`rsatkichini OTMga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023-2024-o`quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar