AsosiyJamiyat

AQSh elchisi bayram munosabati bilan o`zbek tilida tabrik yo`lladi (video)

'AQSh elchisi bayram munosabati bilan o`zbek tilida tabrik yo`lladi (video)'ning rasmi

AQShning O`zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum Navro`z munosabati bilan o`zbek xalqini tabrikladi. Rozenblyumning o`zbek tilida bildirgan tabrigi elchixonaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e`lon qilindi.

"Assalomu alaykum, aziz do`stlar! Amerika Qo`shma Shtatlari xalqi nomidan barchangizni bahor bayrami Navro`z bilan tabriklayman. O`zbekistonga bahor kelar ekan, ob-havo va tabiat yanda go`zallashib ketadi. Bu esa bahor kelganini bayram qilish uchun juda qulay fursatdir", — deydi u tabrigida.

Elchi o`tgan yili Navro`zdan keyingi davr murakkab kechganini, ammo farzandlarga farovon kelajak barpo etish uchun ishlashda davom etish shartligini, u mustahkam sog`liq va tinch hayot kechiriladigan kelajak bo`lishi kerakligini ta`kidladi.

"Barchangizga sog`liq, davomli tinchlik va mo``jizalarga boy bahor tilayman. Navro`z ayyomingiz muborak bo`lsin", — deya tabrigiga yakun yasagan Deniel Rozenblyum.

    Boshqa yangiliklar