AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...

'Bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimolida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliq, shimolda 3-8° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-12° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar