AsosiyJamiyat

Farg`onada turizm ko`chasi tashkil etiladi

'Farg`onada turizm ko`chasi tashkil etiladi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Farg`ona shahrining Kashtanzor ko`chasi negizida yangi turizm obekti tashkil etiladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, hudud aholisi hamda u erga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun mazmunli vaqt o`tkazish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu maskan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2-apreldagi “«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori asosida barpo etilmoqda.

Farg`ona dehqon bozoridan “Pingvin” kafesigacha bo`lgan 2-2,5 kilometr uzunlikdagi hududdagi “Turizm ko`chasi”ni xiyobon ko`rinishida qurish rejalashtirilgan. Mazkur obekt eng yorug` manzillardan biri bo`lishi uchun zamonaviy yoritgichlar o`rnatiladi. Mavsumiy noqulay ob-havo sharoitlarida o`rindiqli soyabonlardan foydalaniladi.

Shuningdek, ko`cha bo`ylab jonli san`at burchaklari tashkil qilinib, rassomlarning, haykaltaroshlar, sozandalar ijod qilishi uchun barcha qulayliklar yaratiladi. Suvenirlar savdosi, milliy hunarmandchilik mahsulotlari rastalari uchun ham joy ajratilishi ko`zda tutilgan.

Bundan tashqari, sayyohlarga sifatli xizmat ko`rsatish borasida sanitariya-gigiena punkti va turizm axborot markazi tashkil etiladi.

“Alisher Navoiy” kinoteatri, viloyat Madaniyat uyi, “Yoshlik” restorani, Dehqon bozori, “Asia.uz” supermarketi, “Book cafe” kabi majmualarning ham ushbu hududda joylashganligi “Turizm ko`chasi”ga yana-da ko`proq sayyohlarni jalb etish imkoniyatini beradi.

Mazkur obektda sayyohlarning “shopping” qilishi, kitob o`qishi, sevimli filmini ko`rib, madaniy hordiq chiqarishi, madaniyat uyi xodimlari tomonidan tashkillashtirilgan turli badiiy chiqishlardan bahramand bo`lishi mumkin.

“Turizm ko`chasi”ni ,eng avvalo, xalqimizning milliy hunarmandchiligi, madaniyati, san`ati, kundalik turmushini namoyon etuvchi go`sha sifatida mehmonlar uchun tashrif obektlaridan biriga aylantirish ko`zda tutilgan. Kulolchilik, atlas-adras to`qish ustaxonalari uchun alohida joy ajratish shular jumlasidandir.

Loyiha doirasida piyodalar, velosipedlar uchun alohida yo`laklar va ko`cha bo`ylab sayr uchun maxsus kichik transportlar faoliyati ham yo`lga qo`yilishi belgilangan. selfi va WI-FI zonalari esa bugungi texnologiyalar asriga mos ravishda alohida ahamiyatga ega ekanligi hisobga olgan holda bunyod etilayotgan ushbu ko`cha tez orada Farg`ona zaminining tayanch nuqtasiga aylanishi, shubhasiz.

    Boshqa yangiliklar