AsosiyJamiyat

Ayni paytda Navoiyda qor yog`moqda (video)

'Ayni paytda Navoiyda qor yog`moqda (video)'ning rasmi

Navoiy viloyati shimoliy hududlari, xususan Zarafshon shahrida qor yog`moqda. Ijtimoiy tarmoqlarda qor yog`ayotgani aks etgan videolar paydo bo`ldi. 

"O`zgidromet" etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatovning yozishicha, yuqori balandlikdagi siklon hozirda Navoiy markazidan Qozog`istonning Qizilo`rda viloyati tomon asta harakatlanmoqda.

Oqim chet qismi kechroq Respublikaning markaziy va shimoli-sharqiy hududlarida havodagi namlikni to`yintirib, joylarga biroz yog`ingarchilik(asosan yomg`ir) keltiradi. Tog`larda qor yog`adi.  

21 martdan 22 martga o`tar  kechasi vodiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutiladi.

Ma`dumot uchun: Ayni paytda Toshkentda quyosh charaqlab turibdi. 

    Boshqa yangiliklar