AsosiyJamiyat

Mirziyoev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

'Mirziyoev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Mirziyoev Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom hududidagi Uchjou shahri yaqinida yo`lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan unga ta`ziya izhor qilgan.

Ma`lumot uchun, kecha, 21 mart kuni China  Eastern aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Xitoy janubida halokatga uchradi. Bortida 133 kishi bo`lgan ushbu havo kemasi Kunmindan Guanchjouga uchayotgan bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar