Navro`z bayrami tadbirlari doirasida Toshkentda Nogironlar va nogironligi bo`lgan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash markazining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Ijtimoiy turizm assosiasiyasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu marosimda Bosh vazir o`rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev, Turizm va madaniy meros vazirligi, Ijtimoiy turizm assosiasiyalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgani aytiladi.
Xo`sh, markaz nogironligi bo`lgan tadbirkorlarni qay darajada qo`llab-quvvatlaydi va ular uchun qanday xizmatlari ko`rsatadi?
Turizm va sport vazirligi bu haqda batafsil ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, nogironlar va nogironligi bo`lgan shaxslar tadbirkorlarini qo`llab-quvvatlash markazining asosiy vazifalari quyidagilar:
- inklyuziv turizmni rivojlantirish bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirish;
- nogironlarning harakatlanishi uchun sharoit yaratishga ko`maklashish;
- ijtimoiy turizm sohasida davlat dasturlari, huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- turistik obektlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o`rganish;
- Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoraqalpog`istonda qulay turistik yo`nalishlarni rivojlantirish;
- vazirliklar va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda xayriya tadbirlarini tashkil etish.
Ma`lum qilinishicha, ushbu markaz "Toshkent – 24" uyidagi "Navro`z" etnoparkida joylashgan.






