AsosiyJinoyat

Navoiyda 38 yoshli ayol umumiy ovqatlanish joyida janjal ko‘tarib, fuqaroning ustiga qizib turgan yog‘ni sepib yubordi

'Navoiyda 38 yoshli ayol umumiy ovqatlanish joyida janjal ko‘tarib, fuqaroning ustiga qizib turgan yog‘ni sepib yubordi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bu qizni hech kim qaytara olmayapti” nomi bilan videolavha tarqalgan edi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB Rasmiy munosabat bildirdi.

Xabarga ko`ra, Navoiy tumanida tug`ilgan 38 yoshli Sh.D. 9 mart kuni soat 07:30 larda qizi A.R. bilan birgalikda Karmana tumani «Beshkent» mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o`zaro janjal ko`targan. 

Xususan, ayol fuqaro B.N.ni qo`l va oyoqlari bilan urib, uning ustiga qizib turgan yog`ni sepib yuborgan. Karmana tumani STEBning xulosasiga ko`ra, B.N.ga o`ng qo`l bilak sohasi va barmoqlar uchki sohalari taxminan 2-3 foiz yuzasining I-II darajali termik kuyishi (yog`dan) kabi jarohat etkazilgan.

Bundan tashqari, u o`zining jinoiy xatti-harakatlarini takroran davom ettirib, shu yilning 18 mart kuni taxminan soat 05-30 larda o`g`li A.A bilan birgalikda yana o`sha joyda B.N bilan janjallashadi. Janjal vaqtida, B.Nni qo`l va oyoqlari bilan tanalarining turli sohalariga urib, tepib, unga tan jarohati etkazgan. 

Fuqaro Sh.D. va uning voyaga etmagan farzandalrining bir guruh bo`lib sodir etgan mazkur harakatlariga tergov jarayonida huquqiy baho beriladi.

Axloq qoidalarini mensimasdan, namoyishkorona bezorilik qilgani uchun fuqaro Sh.Dga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi ayni paytda prosessual tartibda ushlangan.

    Boshqa yangiliklar