AsosiyJamiyat

Farg`onada haydovchi IIB xodimiga tan jarohati etkazdi

'Farg`onada haydovchi IIB xodimiga tan jarohati etkazdi'ning rasmi

Farg`ona viloyati So`x tumanida haydovchi YPX xodimiga tan jarohat etkazgan. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, shu yilning 17 mart kuni tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari M.G` va T.I.lar YPX inspektori G.M. bilan birga Rovon MFY hududida xizmat olib borayotgan vaqtida haydovchi N.S boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli avtomashina IIB xodimlari tomonidan to`xtatilganda, haydovchi N.S mast holda profilaktika inspektorlari T.I va M.G`.ni haqorat qilib ulardan biriga tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar