O`zbekistonda GM uchun dunyo bo`yicha butlovchi qismlarni etkazib beruvchilarga «GM Supplier Quality Excellence 2015» mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
«GM Operations Uzbekistan»ning Prezidenti va boshqaruvchi direktori Xektor Villarreal, etkazib berilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish va nazorat qilish bo`yicha GM International’ning mintaqadagi direktori Djeuel Shi hamda rahbariyat vakillari 10 dan ortiq mukofotlarni topshirish uchun «GM Uzbekistan» AJga butlovchi qismlarni etkazib beruvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashishdi.
Mukofotlar «Uz-TongXong Co.», «Uz-Hanwoo», «Uz-DongJuPaint Co.», «Uz-Chasis», «Uz-Sungwoo», «Uz-SaeMyung Co.», «Uz-EraeCable», «Uz-Dong Won Co.», «Uz-Erae Climate Control», «Kwangjin Autosistems» qo`shma korxonalari va Jizzax akkumulyator zavodi jamoasiga topshirildi.
Taqdirlash marosimida so`zga chiqqan Xektor Villarreal o`zlarining sidqidildan qilgan mehnati tufayli «GM Uzbekistan» AJning muvaffaqiyatiga munosib hissa qo`shganligi uchun korxonalar rahbarlariga o`z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek kompaniyalar vakillari va Djeuel Shi xonim ish jarayoni bilan tanishishi maqsadida qator korxonalarga tashrif buyurdi.





