AsosiyJamiyat

Savdo-sanoat palatasiga yangi rais saylandi

'Savdo-sanoat palatasiga yangi  rais saylandi'ning rasmi

O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari Qurultoyi bo`lib o`tdi. Bu haqda palataning Matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda tashkiliy masala ko`rib chiqildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimiga taqdim qilingan Vahabov Davron Abdujalalovich nomzodi delegatlar tomonidan ushbu lavozimga saylandi.

Ma`lumot o`rnida: O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to`g`risida”gi "O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 19-moddasida “Palata raisi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga ko`ra Palata Qurultoyi delegatlari tomonidan lavozimga saylanadi” deb belgilab qo`yilgan.

Qurultoy ishida respublikaning barcha hududlaridan saylangan 298 nafar delegatlardan 285 nafari ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar