Masalan, elektromobilda taksichilik qiluvchilar 2040 yilgacha lizensiya to`lovlaridan ozod qilinishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqdagi qaror loyihasi Iqtisodiyot va kambag`allikni kamaytirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilingan.
Loyihada aytilishicha, 2022 yil 1 apreldan 2030 yil 31 aprelgacha qadar:
— quvvatlantirish stansiyalari hamda ularning atrofida kamida 2 elektromobil uchun to`xtash joyi joylashgan er uchastkalari er solig`i to`lashdan ozod etiladi;
— yuridik shaxslarning mijozlarni jalb qilish uchun quvvatlantirish stansiyalarni tashkil etish bilan bog`liq xarajatlari, daromad solig`ini hisoblashda chegirib tashlanadigan xarajatlar hisoblanadi (soliq bazasining 2 foizidan oshmasligi lozim);
— ishlab chiqarilgan sanasi bir yildan oshmagan elektromobillarni “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar 2027 yil 1 yanvarga qadar utilizasiya yig`imidan ozod etiladi.
Shuningdek:
➖ elektromobillarni quvvatlantirish xizmatlarini ko`rsatuvchi yuridik shaxslarga elektr energiyasini xarid qilish xarajatlari 2025 yil 1 yanvarga qadar Davlat byudjeti tomonidan subsidiya berish orqali to`liq qoplanadi hamda har bir Mode 4 turidagi 60 kVt va undan yuqori quvvatli yangi stansiya sotib olish uchun Davlat byudjetidan 10 000 AQSh dollari miqdorida subsidiya ajratiladi;
➖ elektromobillar munisipal (kommunal) mulkka tegishli bo`lgan avtoturargohlardan bepul foydalanadi;
➖ munisipal (kommunal) mulkka tegishli bo`lgan avtoturargohlarda quyidagi miqdorda (2 ta kanalli) tezkor usulda quvvatlantirish stansiyasi infratuzilmasini tashkil etadi:
2022 yilda har 200 ta to`xtash joyiga kamida 2 dona;
2023 yilda har 150 ta to`xtash joyiga kamida 2 dona;
2024 yilda har 100 ta to`xtash joyiga kamida 2 dona;
2025 yilda har 60 ta to`xtash joyiga kamida 2 dona;
2026 yilda har 40 ta to`xtash joyiga kamida 2 dona.






