Andijon viloyatida tergov ostidagi ayblanuvchilarga engilroq jazo tayinlashga ko`maklashmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, Departament va DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.A. fuqarolar K.Q. va M.T.larga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha olib borilayotgan tergov jarayonida go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali K.Q.ga bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash va M.T.ga nisbatan jazodan ozod etish haqidagi hukm o`qilishi evaziga ayblanuvchilarning qarindoshlaridan 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






