ATB “Qishloq qurilish bank”ning Buxoro mintaqaviy filiali sobiq bosh mutaxassisi I.R. bank mijozi bo`lgan “I.C.” MChJ hisob raqamidagi 99 mln so`mini MChJ rahbarining xabardorligisiz, soxtalashtirilgan to`lov topshiriqnomalari orqali boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning hisob raqamlariga moliyaviy yordam sifatida ko`chirib, talon-toroj qilgan.
Uning bu kirdikorlari Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






