O`zbekiston Musulmonlari idorasi Ramazon oyi kirishini kuzatish haqida ma`lumot e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston musulmonlari idorasida muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va Islom dini tartib-qoidalari asosida oyni kuzatish bo`yicha ishchi guruh tuzildi. Taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh Ramazon oyi kirishini astronomik tahlillar asosida kuzatib boradi va uning natijalarini O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashiga kiritadi. Ramazon oyi boshlanishi haqidagi xabar Ulamolar kengashi tomonidan ko`rib chiqiladi, deyiladi Idora Matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o`tamiz, Qozog`iston musulmonlari idorasi 2022 yildagi Ramazon oyi 2 apreldan boshlanib, 2 mayga qadar davom etishini e`lon qildi.






