AsosiyJamiyat

6 ta OTMga hujjat topshiradigan abiturientlarning soni 40 mingga yaqin bo`lishi prognoz qilinmoqda

'6 ta OTMga hujjat topshiradigan abiturientlarning soni 40 mingga yaqin bo`lishi prognoz qilinmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o`rganishni takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2022 yil 19 yanvardagi34-son qaroriga muvofiq, yurtimizdagi 6 ta ta`lim muassasalariga hujjat topshiradigan abiturientlarning soni 40 mingga yaqin bo`lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Davlat test markazi faoliyati tahlili, yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi, deya xabar qildi "Darakchi" muxbiri Maftuna Jo`raeva. 

Ta`kidlanishicha, mazkur qarorga ko`ra, ta`lim muassasalarining fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish imtihonlarida tinglab tushunish, o`qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar Davlat test markazi tomonidan o`tkazilishi belgilangan.

Bunda, ingliz tili bo`yicha imtihonlar 34 mingga  yaqin abiturientlardan kompyuterda onlayn tarzda o`tkazish, boshqa chet tillari bo`yicha 6 mingga yaqini uchun qog`oz shaklida o`tkazish rejalashtirilmoqda.

TEST TOPShIRIQLARI BO`YIChA:  

12 ta umumta`lim fanidan qo`shimcha 90 000 ga yaqin, qardosh tillardan 8 000 dan ortiq, sharq tillari hamda ispan va italyan tillaridan 5 000 dan ortiq, 35 ta maxsus fandan 15 000 dan ortiq test topshiriqlari bazasi shakllantiriladi.  

Chet tillaridan 15 000 nafardan ortiq, chet tillari o`qituvchilariga ustama haq belgilash bo`yicha 10 000 nafardan ortiq talabgor uchun test sinovlari o`tkaziladi.

Chet tillaridan test sinovlariga xalqaro standartlar asosida ko`p darajali (multilevel) test tizimi joriy etiladi va 5000 nafardan ortiq talabgorga sinovlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

Test tizimini takomillashtirish bo`yicha ÖSYM (Turkiya), Qozon Federal universiteti (Rossiya) bilan hamkorlik Memorandumlari imzolandi. Cambridge assessment international education (Buyuk Britaniya), CITO International (Niderlandiya) bilan imzolash rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar