Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarvand viloyati Bulung`ur tumani bo`limi tomonidan DXX va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda engil mashinada 15 dona oltin qotishmasi borligi aniqlandi.
Fuqaro O.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib ko`zdan kechirilganda aniqlangan oltinning og`irligi 525,9 grammni tashkil etgan. (Umumiy bahosi 358,2 million so`m).
Ma`lum bo`lishicha, haydovchiga ularni Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.N. bergan bo`lib, Toshkent shahriga fuqaro E.Q.ga etkazish topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






