AsosiyJinoyat

Nukusda fuqaroni “temir yo`l”ga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

'Nukusda fuqaroni “temir yo`l”ga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Nukus shahrida fuqaroni “Qo`ng`irot mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar va uning sherigi ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, fuqaro A.S. fuqaro D.ni tanishlari yordamida 3 000 AQSh dollari evaziga “Qo`ng`irot mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qo`ng`irot sanoat texnikumi direktori M.T. 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar