Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.T. tegishli hujjatlari bo`lmagan Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan 434 quti “Vabenzim-E” nomli dori vositasini fuqaro Sh.ga 138,8 mln so`mga sotishga kelishib, evaziga 12 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






