1

Kinematografiya agentligi vakillari Tojikistondagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

Madaniyat 31.03.2022, 11:26
Kinematografiya agentligi vakillari Tojikistondagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi vakillari Tojikistondan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqdaespublikasi Kinematografiya agentligi vakillari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o`tayotgan MDH mamlakatlari va  Gruziya kinostudiyalari direktorlarining IV kengashida  ishtirok etmoqda.

Kengashga O`zbekiston, Tojikiston, Belarus Qozog`iston, Rossiya, Turkmaniston, Ozarboyjon, Moldova, Gruziya singari mamlakatlar davlat kinostudiyalari, kinematografiya tashkilotlari rahbarlari taklif etilgan

Anjumanning ochilishida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari Matlubaxon Sattoriyon MDX mamlakatlari o`rtasida kinomatografiya soxasida bugungi hamkorlik aloqalari haqida to`xtalib, bu borada O`zbekiston kinoijodkorlarining hissasini alohida e`tirof etdi.

Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, ,"O`zbekfilm"  kinokonserni direktori Bahodir Adilov, ,,"Tojikfilm" davlat muassasasi rahbari Mahmasaid Shoxiyon va boshqalar O`zbekiston va Tojikiston kino sanoatida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlikdagi kinoloyihalar haqida so`z yuritlilar.

Ayni paytda ikki mamlakat kinoustalari tomonidan ,"Navoiy va Jomiy", "Notanish yulduz," badiiy filmlari ustida ish olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz mazkur xalqaro anjuman doirasida Tojikistonda O`zbekiston kinosi kunlari o`tkazilmoqda. Tojikistonlik kino muxlislarga "101-reys", ,,Bir kunlik to`y", "Tutqunlik", "Matonat maktabi" singari badiiy va hujjatli filmlar namoyish etilmoqda. O`zbekiston kinosi kunlari Dushanbe va Hisor shaharlari, So`g`d, Xatlon, Tog`li Badaxshon viloyatlarida ham davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1