AsosiyJinoyat

Qirg`izistondan Namangan davlat universitetiga o`qishni ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar qo`lga tushdi

'Qirg`izistondan Namangan davlat universitetiga o`qishni ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar qo`lga tushdi'ning rasmi

Yangiqo`rg`on tumanida fuqarolarning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.A. firibgarlik yo`li bilan go`yoki o`zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali haq evaziga fuqarolarning Qirg`iziston Respublikasidagi oliy ta`lim muassasalaridagi o`qishini Namangan davlat universitetiga ko`chirib berishni va`da qilib, 5 nafar fuqaroning 11 300 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar