AsosiyJamiyat

Nega 500 ming so`m olgan shifokor poraxo`r, 29 ming dollar bilan ushlangan prokuror esa firibgar bo`ladi? Svetlana Ortiqova izoh berdi

'Nega 500 ming so`m olgan shifokor poraxo`r, 29 ming dollar bilan ushlangan prokuror esa firibgar bo`ladi? Svetlana Ortiqova izoh berdi'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan pora olish bilan bog`liq holatlar bo`yicha taqdim etilgan ma`lumotlarda, 29 ming AQSh dollar bilan qo`lga tushgan prokuratura xodimi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya`ni firibgarlik bilan ayblangani, 500 ming so`m bilan ushlangan shifokorga esa Jinoyat kodeksining 210-moddasi, ya`ni pora olish bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aks etgan. Mazkur holatga AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida izoh berildi.

"Bir jihatiga e`tibor berish kerak, xodim xizmat bajarayotganda moddiy manfaatdor bo`lsa unda poraxo`r bo`ladi, agarda faoliyati xizmatga taalluqli bo`lmasa demak firibgarlik bo`ladi. Bu erda men adolatsizlikni ko`rayotganim yo`q, kimning xarakatida firibgarlik bor bo`lsa uning harakati shunday malakalanadi, kimning xarakati poraxo`rlik bo`lsa shunday malakalanadi", - dedi Bosh prokuror o`rinbosari Svetlana Ortiqova.

Farida Egamberdieva

    Boshqa yangiliklar