Samarqand shahrida 29.03.2022 yilda talaba qiz E.S. ko`p qavatli talabalar turargohining 9-qavatidan o`zini pastga tashlab, o`z joniga qasd qilganligi haqida xabarlar bergan edik.
Bu haqida viloyat prokuraturasiga havola qilib, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, 2021 yil 30 noyabr kuni soat 19.00larda Qarshi shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumining yotoqxonasida yashagan 2-bosqichda o`qigan talaba qiz (2001 y.t.) yotoqxona 4-qavatidan sakrab o`z joniga qasd qilgan edi. Shuningdek, 2021 yil 18 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini dekan o`rinbosari zo`rlashga harakat qilgani va qiz o`zini himoya qilish uchun derezaga talpinganda "zam dekan" uni itarib yuborgani aytilgan va hozirda mazkur holat bo`yicha ish sudga yuborilgan.






