2 aprel kuni 19-motomavsum ochilishi munosabati bilan o`tkaziladigan motosayyohlarning tantanali yurishi paytida poytaxtimizdagi bir necha ko`chalar soat 12:00dan 13:00 gacha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
- Novza metrosidan Bunyodkor shoh ko`chasi bo`ylab Bunyodkor va Alisher Navoiy shoh ko`chalari kesishmasigacha;
- Alisher Navoiy va Bunyodkor shoh ko`chalari kesishmasidan Alisher Navoiy shoh ko`chasi bo`ylab Sharof Rashidov ko`chasigacha;
- Alisher Navoiy shoh ko`chasi va Sharof Rashidov ko`chasi kesishmasidan shu ko`cha bo`ylab Afrosiyob ko`chasigacha;
- Afrosiyob ko`chasidan shu ko`cha bo`ylab Bunyodkor metro bekatigacha.






