Bugun, 2 arrel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida "Ajdodlar matonati va jasorati - avlodlar uchun namunadir!" shiori ostida 5300 metrga ommaviy yugurish marafoni bo`lib o`tadi.
Shu munosabati bilan, Farobiy, Shifokorlar, Qamarniso, Talabalar, Universitet ko`chalari 9:00 dan 11:00 ga qadar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopilmoqda. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati ma`lum qildi.
"Shu sababli, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 11, 28, 31, 34, 78, 82, 87, 92, 114, 116, 131, 160-sonli avtobus yo`nalishlari suratdagi ko`chalardan harakatini davom ettirishini ma`lum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz", — deyiladi xabarda.






