AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 17 yoshli o`quvchi qiz o`zini osib qo`ydi

'Qashqadaryoda 17 yoshli o`quvchi qiz o`zini osib qo`ydi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani «Oydin» mahallasida yashovchi voyaga etmagan maktab o`quvchisi 22 mart kuni o`zini osdi, deb xabar beradi Nasafnews.

Ma`lum qilinishicha, shu kuni soat 22:00 larda «Oydin» MFYda yashagan, voyaga etmagan 18-sonli maktabni 10-sinfda o`qigan, 17 yoshli X.N. o`z joniga qasd qilgan. Qiz o`z yashash uyining ichki xonasi ustunlariga arqon bilan o`zini osgani aytilmoqda.

Nashr manbasiga ko`ra, marhuma qiz oila a`zolari va qo`ni-qo`shnilari bilan janjallashmagan. Uning ruhiyatida o`zgarish bo`lgan.

Hozirda holat yuzasidan Nishon tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazmoqda.

    Boshqa yangiliklar