AsosiyJamiyat

Xorazmda reklama monitoridagi behayo video bo`yicha sud bo`lib o`tdi

'Xorazmda reklama monitoridagi behayo video bo`yicha sud bo`lib o`tdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Xorazmda katta monitorda pornografik mazmundagi video qo`yilgani muhokamalarga sabab bo`ldi

Jinoyat ishlari bo`yicha Urganch shahar sudi tomonidan 1978 yilda tug`ilgan I.I.ga nisbatan ma`muriy ish ko`rib chiqildi.

Ma`lum bo`lishicha, I.I. xususiy korxonada haydovchi lavozimida ishlab, qo`shimacha ravishda korxonaga tegishli monitorlarga reklama joylash vazifasini bajarib kelgan. 31 mart kuni I.I. Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Xonqa ko`chasi chorrahasida o`rnatilgan reklama monitoriga 20 tadan ortiq videomaterialni joylagan va monitorda pornografik mazmundagi video namoyish etilishiga sababchi bo`lgan.

Sud huquqbuzarning ko`rsatmasi, ishga doir hujjatlarni o`rganib qaror qildi. Unga ko`ra I.I. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 189-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari(13 mln. 500 ming so`m) miqdorida jarimaga tortildi.

Videomateriallarni monitorga joylashda foydalanilgan mobil telefon va simsiz internet tarmog`iga ulanish apparati davlat foydasiga musodara qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar